DORILARDAN KEYIN JIGARNI QANDAY TIKLASH MUMKIN?

Siz davolanish kursini yakunladingiz. Doktor nihoyat sog‘lom ekanligingizni aytdi. Lekin siz o’zingizni bezovta his qilyapsiz… afsuski, jigaringizning ishlashi pand berayapti. Bu nima sababli sodir bo‘lmoqda va nima qilish mumkin?

Endilikda ko‘plab kasalliklarni davolashni dori vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, dori vositalarini nazoratsiz yoki uzoq muddat davomida qoʻllash jigar disfunksiyasiga olib kelishi mumkin.sup>32

Ayniqsa аntibiotiklar toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Axir jigar o‘ziga xos “filtr” funksiyasini bajaradi va tanadan toksinlarni olib tashlaydi.

QUYIDAGI INSONLAR BIRINCHI NAVBATDA XAVF GURUHIDADIRLAR:

Deyarli har qanday dori-darmonlar jigar muammolariga olib kelishi mumkin.

BUNDAY OQIBATLAR QUYIDAGILARNI QABUL QILISHDA YUZ BERISHI MUMKIN:33

QUYIDAGI ALOMATLARGA E’TIBOR BERING, ULAR ODATDA SPETSIFIK EMAS:33

Jigar kasalliklarining o‘ziga xos alomatlaridan biri sariqlikdir. Sariqlikning bo‘lishi jigarning jiddiy shikastlanishi mumkin bo‘lgan prognostik salbiy belgidir.sup>33

Ba’zida qorin bo‘shlig‘ida, bo‘g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, konyunktivit, shishgan limfa tugunlari paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Bunday holda, faqat mutaxassis nazorati ostida olinayotgan muolajalarga o’zgartirishlar kiritish mumkin.

Dori-darmonlar organizmga tushadigan yagona og‘irlik emas. Uyqusizlik, ortiqcha ovqatlanish, spirtli ichimliklar va stresslardan iborat turmush tarzimiz jigar hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holda kompleks yondashuv dori ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.

Ko‘p odamlar o‘simlik preparatlari yalpiz choyi kabi xavfsiz deb o‘ylashadi.

Shifokor qanday dori-darmonlarni qabul qilayotganlarini so‘raganda, bemorlar ko‘pincha ularni aytib ketishni unutishadi.

Aslida, o‘simlik preparatlari va biologik aktiv qo‘shimchalar (BAD) turli xil jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Gepatotoksik ta’sirga o‘simlik mahsulotlarida mavjud bo‘lgan og‘ir metallar va pestitsidlar sabab bo‘lishi mumkin.32

Sog‘lom turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan holda qabul qilinadigan dorilar, ya’ni vazn yo‘qotish, mushak massasini yig‘ish va jismoniy formani yaxshilash uchun dorilar ham xavfli bo‘lishi mumkin.32

Shunday qilib, jigarni himoya qilish uchun har qanday vositani mustaqil tanlash va qabul qilishni istisno qilish yaxshiroqdir.

Og‘riq, yallig‘lanish, shamollash yoki migren uchun ko‘plab dorilar retseptsiz beriladi. Shuning uchun, kasallikning alomati paydo bo‘lishi bilanoq ularni qabul qilish odat tusiga kiradi.

Odatda, ko’rsatmalarda dorini qo‘llash bo‘yicha cheklovlar mavjud, davolanish bir necha kun bilan cheklanadi. Amalda, yaqiningizning maslahati bilan dori qabul qilish yoki antibiotiklar kursini boshlash osonroq. Biroq, bu jigar muammolari tomon yana bir qadam bo‘lishi mumkin.

Dori-darmonlarni mutaxassis maslahati bilan qabul qilish yaxshiroqdir.

Kerakli miqdorda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va kaloriyalar bilan ratsional ovqatlanish jigarning normal ishlashi uchun zarur moddalarni olishga yordam beradi.

Yog‘li, qovurilgan, sho‘r va shirin oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash orqali jigarni normal ishlanishini ta’minlash mumkin.

Kuniga 4-6 marta kichik porsiyalar bilan ovqatlanish optimal hisoblanadi. Jigar zaif bo‘lgan davrda ochlik va kuchli dietalar tavsiya etilmaydi.34

Jigar uchun alkogolning xavfsiz dozalari yo‘qligi sababli, uni iste’mol qilishdan butunlay voz kechish yaxshiroqdir.35

Bu hech qanday maslahat va mulohazalarni talab qilmaydigan birinchi shartlardan biridir.

Uyquni normallashtirish, muntazam jismoniy mashqlar va kun tartibiga rioya qilishlik stressni yengishga yordam beradi.
Ma’lumki, stress jigar kasalliklarining rivojlanishi va kuchayishiga olib kelishi mumkin. Stressga qarshi kurashda maxsus mashqlar, yoga mashg‘ulotlari va psixolog maslahati foydali bo’lishi mumkin.

Ba’zida turmush tarzini tuzatish yetarli emas, bunday hollarda esa shifokorga, ya’ni gepatologga murojaat qilish yaxshiroqdir. Sizga shifokor tashxisi asosida ruxsat etilgan gepatoprotektorlar shaklidagi dori vositalari samarali yordam berishi mumkin.

UZN2256945-2

Источники информации:

Информация представлена в целях повышения осведомленности о состоянии здоровья и не заменяет консультацию врача.