O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI NIMADA?
Gepatit A uchun inkubasion davri 2-2,5 hafta24. Bu yuqishdan kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lgunga qadar bo‘lgan vaqt.
Gepatit A qanday yuqadi va uning belgilari qanday?
Gepatit A — xuddi shu nomdagi virus keltirib chiqaradigan jigarning yuqumli kasalligi.24
Ko‘pincha kasallik bolalik davrida aniqlanadi, ammo gepatit A kattalarga ham yuqishi mumkin. Yaxshi xabar shundaki, gepatit B va C dan farqli o‘laroq, gepatit A surunkali jigar kasalliklarga olib kelmaydi.26
YUQISH YO‘LLARI:26
- ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;
- shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik;
- yomon sanitariya sharoitlari;
- kasallik yuqtirgan odamga tegishli mahsulotlar bilan aloqa.
ENG KENG TARQALGAN ALOMATLARI25
- holsizlik va charchoqning kuchayishi;
- yuqori xarorat;
- ishtahaning yo‘qolishi;
- ko‘ngil aynishi va qusish;
- diareya;
- o‘ng qovurg‘a osti qismida og‘irlik hissi;
- siydikning to‘q tusga kirishi (pivo rangigacha);
- sariqlik (ko‘zning oq pardasi va terining sarg‘ayishi).
Alomatlarning kechishi bemorning yoshiga bog‘liq. Masalan, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘pincha bu kasallik alomatlarsiz kechadi. Va faqat 10% bolalarda sariqlik rivojlanadi. Keksa bemorlarda sariqlik 70% yoki undan ko‘p hollarda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, bemorda yuqorida ko‘rsatilgan barcha alomatlar bo‘lishi shart emas.26
BIR NECHTA ODDIY QOIDALARGA AMAL QILING:
- hojatxonadan foydalangandan keyin va ovqatdan oldin qo‘lingizni yuving;
- qaynatilgan yoki yaxshi tozalangan suvni iching;
- iste‘mol qilishdan oldin sabzavotlar, mevalar va ko‘katlarni yaxshilab yuvib oling.
BIROQ! Hech qanday holatda ham o‘zingizni-o‘zingiz davolamang.
Gepatolog malakali tekshiruv natijasida tashxis qo‘yadi va sizga gepatit A davolash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Источники информации:
- 24. Гепатит А (who.int) дата доступа 04.2023
- 25. Вирусные гепатиты / К.В.Жданов, Ю.В.Лобзин, Д.А.Гусев, К.В. Козлов. — СПб.: Фолиант, 2011.-304С.
- 26. Онищенко Г.Г, Жебрун А.Б. Вирусные гепатиты в Российской Федерации 2010. Справочник / СПб.: НИИЭМ им. Пастера, 2010. — 204 с.