10 ta FAKT

1.

JIGAR INSON TANASIDA IKKINCHI ENG KATTA ORGAN1-3

Jigar chap qovurg‘a ostining o‘ng qismini va hatto o‘ng tarafning bir qismini egallaydi. Uning o‘rtacha vazni 1,5 kg. Faqatgina insonning eng katta organi bo‘lgan teri jigardan oldin turadi. Uchinchi o‘rinda miya joylashgan.

2.

JIGAR 500 DAN ORTIQ MUHIM FUNKSIYALARNI BAJARADI1-3

3.

JIGAR INSON TANASINING MARKAZIY BIOKIMYOVIY LABORATORIYASIDIR1-3

Jigarda 300 milliard hujayra – gepatotsitlar mavjud bo‘lib, ularda 1000 dan ortiq turli xil biokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi. Jigarda biokimyoviy reaksiyalarning tezligi sekundiga 1 mlrd ni tashkil qiladi.​

4.

JIGAR INSON TANASINING ASOSIY FILTRIDIR1-3

Jigardan 1 daqiqada 1,4 litr qon o‘tadi 1 soat ichida jigar orqali taxminan 100 litr qon o‘tadi. Kun davomida jigar orqali o‘tadigan qon miqdori 2000 litrdan oshadi.

5.

JIGAR REGENERATSIYA BOLISHGA QODIR4

6.

JIGAR FOYDALI MODDALAR ZAXIRASIDIR5

Jigar vitaminlar, temir, glyukoza kabi moddalarni to‘playdi va ularning qondagi foiz miqdorini tartibga soladi. Ko‘pgina D va A vitaminlari jigarda sintezlanadi. Bu vitaminlar, masalan, kalsiyning so‘rilishi, asab tizimining barqaror ishlashi, yuqori immunitet, yaxshi ko‘rish va hatto muvaffaqiyatli homiladorlik uchun zarurdir.

7.

JIGAR INSONING HOLATI, UYQUSI, KAYFIYATI, FIKRLASH JARAYONLARIGA IJOBIY TA’SIR KO‘RSATADI6

Jigar tanangizni toksinlar, dorilar, spirtli ichimliklar, yog‘li ovqatlar ta’siridan tozalaydi. Tanangiz qanchalik “toza” bo‘lsa, o‘zingizni shunchalik yaxshi his qilasiz. Sog‘lom jigar qarishni sekinlashtirish va stressga qarshi kurashishda sizning eng katta yordamchingiz bo‘lishi mumkin!

8.

JIGAR ENG KATTA OVQAT HAZM QILISH BEZIDIR1-3

Safro ko‘plab ovqat hazm qilish funksiyalarini bajaradi. Kuniga taxminan 1 litr safro ishlab chiqariladi.

9.

JIGAR KUNIGA 8 GRAMMGACHA ADEMETIONIN SINTEZ QILADI7

Ademetionin — tabiiy antioksidant va antidepressantdir!

10.

DORI-DARMONLAR JIGAR UCHUN XAVFLIDIR8

Bugungi kunga kelib, gepatotoksik ta’sirga ega 1000 dan ortiq dori vositalari ma’lum. Eng xavflilari bu og‘riq qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar, gormonal dorilardir8.

UZN2257906-4

Источники информации: